FARZAND
дитя
child
Izoh: 1) inson hayotining mazmuni, nasl-nasabini davom ettiruvchisi, oilaning mustahkam zanjiri.
Bitta ota-onadan dunyoga kelgan bola; 2) o'g'il yoki qiz (ota-onaga nisbatan); bola.
Namuna: BMT tomonidan har yili mazkur sana doirasida sog'lom oilani shakllantirish, oilalar mustahkamligini, sog'lom farzand tug'ilishi va kamolga yetishini ta`minlash kabi mavzularda turli tadbirlar, seminar-treninglar o'tkazish an`anaga aylangan.(http://www.jamiyatgzt.uz/uzb/jahon_ayvoni/xalqaro_oila_kuni145.mgr)
Uch farzand tug‘ib bergan xotini — aktrisa Simonetta Stefanelli bilan ajrashgandan so‘ng Mikele juda sirli bo‘lib qolgan. Http://haqida.uz
Giponimlar:
Partonimlar:
Maqollar:
- 1. Davlatning boshi — farzand.
- 2. Farzand aziz, odobi undan aziz.
- 3. Ota-onang — davlating, Farzandlaring — savlating
- 4. Ota-ona dog'i oz-moz, Farzand dog'i tinch qo'ymas.
Birikmalar:
- FARZAND TARBIYASI
- FARZAND KAMOLOTI
- FARZAND TARBIYASI
- SOLIH FARZAND
- NOBAKOR FARZND
- FARZAND QUVONCHI
- QIZ FARZAND
- NOQOBIL FARZAND
- O'G'IL FARZAND
- EGIZAK FARZAND
- FARZAND DOG'I
- ASRANDI FARZAND
- FARZAND SUYUNCHISI
- FARZANDLIKKA OLISH
- YAGONA FARZAND
- FARZAND BO'LMOQ
- FARZAND KUTMOQ
- FARZAND SOVG'A QILMOQ
- FARZAND KO'RMOQ
- FARZAND O'STIRMOQ