BOLA
ребёнок
child
Izoh: Yangi tugʻilgan, hali koʻkrakdan, ona bagʻridan ajratilmagan goʻdak; chaqaloq.
Namuna: Kelinchakning bolasi beshikda uxlab yotardi, xuddi farishtalardek unga parvona, xonadon o'zgacha fayzli....
Izoh: Hali yosh, voyaga yetmagan odam.
Namuna: U hali bolaku, bunday ishlarni bir o'zi bajara olarmikin?
Izoh: 1) Ota-onadan vujudga kelgan inson; 2) «Bola huquqlari kafolatlari to‘grisida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining Z-moddasiga muvofiq, 18 yoshga to‘lguncha (voyaga yetguncha) bo‘lgan shaxs;
Namuna: Qishloq xo`jaligi, tibbiyot, iqtisod, maishiy-madaniy sohalarga yo`naltirilgan kollejlarda, yangidan yangi maktablarda men kabi ta'lim olayotgan har bir bola ulkan orzular bilan yashamoqda. (http://gulxan.uz/uzbl/hatlar_va_ommaviy_ishlar/dil_elchisi1_09_11.mgr)
Giponimlar:
Maqollar:
- Bola aziz, odobi undan aziz.
- Bola koʼngli — podsho.
- Bola yigʻlamasa, ona sut bermaydi.
Iboralar:
Birikmalar:
- BOLA TARBIYASI
- BOLA SALOMATLIGI
- BOLA DASTURI
- BOLA TUG'ISH
- O'QIMISHLI BOLA
- BOLA TARBIYASI
- BOLA HUQUQLARI
- BOLA RUHIYATI
- BOLA NUTQI
- BO'Z BOLA
- BOLA HAYOTI
- O'G'IL BOLA
- QIZ BOLA
- BOLA KO'RMOQ
- BO'Z BOLA
- KO'CHA BOLASI
- KELIN BOLA
- BOLALARGA SHAFQATSIZ MUNOSABAT
- JANJALKASH BOLA
- ASKAR BOLA
- DALA BOLASI
- BOLA KO'RMOQ
- BOLA-BAQRA
- BOLA-CHAQA
- OTA -ONA QARAMOG'IDAN MAHRUM BO'LGAN BOLA