Электронный тезаурус-словарь концепции семья духовность

Система работает в тестовом режиме

Print

AYOL

женщина

woman

Комментарий: Xotin, rafiqa (erga nisbatan)
Пример: Ayolim qishin-yozin ichkari hovlining yumushini qiladi: kir yuvadi, uy-joyni supuradi, non yopadi, koʻrpa qaviydi.Oybek, Tanlangan asarlar
Комментарий: Umuman erkakka qarama-qarshi jinsdagi shaxs; xotin; bu maʼnoda asosan koʻplik shaklida qoʻllanib, umumlashtirish maʼnosiga ega boʻladi, xotin-qizlar maʼnosini bildiradi.
Пример: Oriyatli boʻlganidan, odamlar yuziga tik qaragani uyaladimi, kim bilsin, bu ayolning vujudida oʻn erkakning or-nomusi bor edi.T. Ashurov, Oq ot
Soha: Oila ma'naviyat konsepti
Комментарий: Shunday jinsdagi yetuk yoshdagi shaxs (qizga nisbatan)
Пример: Ayol - jamiyat gultoji, hayot go’zalligining timsoli. Dunyoda ayol bor ekan, eng go’zaL hislar, eng inju tuyg’ular mavjud. Mehr-muhabbat, sevgi va vafo, poklik va halollik, or-nomus kabi muqaddas tushunchalar avvalo ayol qalbidan yaraladi. (http://uzhurriyat.uz/muammo_va_tanqid/page_3.mgr)
Синонимы:
  1. XOTIN
  2. QIZ
Антонимы:
  1. ERKAK
Пословицы:
  1. Ayol degan palaxmon toshi, Qayerga otsa, shu yerga tushar
Фразы:
  1. AYOL RASHKI
  2. AYOL MUHABBATI
  3. AYOL MUHABBATI
  4. AYOL GO'ZALLIGI
  5. AYOL JOZIBASI
  6. HOMILADOR AYOL
  7. TURMUSHGA CHIQMAGAN AYOL
  8. MUSULMON AYOL
  9. BARDOSHLI AYOL
  10. AYOL SIYMOSI
  11. OQILA AYOL
  12. AYOL KISHI
  13. ZAMONAVIY AYOL
  14. INSONPARVAR AYOL
  15. AYOL MURABBIYLAR
  16. AYOL SALOMATLIGI
  17. TADBIRKOR AYOL
  18. AYOL QALBI
  19. ISHBILARMON AYOL
  20. AYOLNING OILADAGI O'RNI
  21. Mushtipar ayol