Электронный тезаурус-словарь концепции семья духовность

Система работает в тестовом режиме

Print

KO'PKARI (ULOQ)

купкари

kupkari

Комментарий: Uloq, ko‘pkari - O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o‘yinlaridan biri. Asosan, g‘alaba va hosil bayramlari, to‘y va sayillar munosabati bilan o‘tkazilgan. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari o‘ziga to‘q odamlar, hatto oddiy aholi ham Uloq o‘yinlarini tashkil etgan. Ko‘proq xatna (chipron) to‘ylarida rasm bo‘lgan. Uloq turkiy xalqlar, ayniqsa, uning qo‘ng‘irot, qurama, ming, mang‘it, oyrat, yoyilma, kenegas, qipchoq, barlos kabi urug‘lari orasida ommalashgan.
Пример: Ko'pkarining boshqa nomi uloq ham deyiladi. Ko'pkari bahsida so'yilgan uloq (echki bolasi) tanasi to'y-musobaqa hakamlari tomonidan o'rtaga tashlanib, ushbu kurash shartlari ana shu uloq bilan bog'liq holda bajariladi. Http://munosabat.uz
Пословицы:
  1. Ot boqqaning — uloqqa, Qoʻy boqqaning — qoʻnoqqa.
Фразы:
  1. ULOQ CHOPMOQ
  2. ULOQ DAVRI
  3. ULOQ OLISH
  4. ULOQNI TAQIMI
  5. ULOQ CHOPMOQ
  6. ULOQ QILMOQ
  7. ULOQNI OLMOQ