Электронный тезаурус-словарь концепции семья духовность

Система работает в тестовом режиме

Print

ERTALABKI OSH

утренний суп

morning soup

Комментарий: Ertalabki osh marosimi to‘y (sunnat to‘yi yoki nikoh to‘yi) va aza ma’rakasida (o‘limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o‘tkaziladi. To‘yni o‘tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini awaldan mahalla yoki kvartal qo‘mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo‘shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to‘g‘rash» marosimi o‘tkaziladi, unga odatda qo‘shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to‘g‘rab bo‘linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Odatda sabzi to‘g‘rashga artistlar ham chaqiriladi.
Пример: Ertalabki namoz tugagan paytda karnay-surnay va nog’ora ovozlari ertalabki osh boshlanganidan xabardor etadi.
Фразы:
  1. ERTALABKI OSH MAROSIMI