"Oila maʼnaviyati" konseptining elektron tezaurus lugʻati

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

BURCH

долг

duty

Izoh: Shaxsning biror kishi, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha, inson ma'naviyatining tarkibiy qismi. Burch - qonun va barcha huquqiy hujjatlarda belgilangan va muayyan harakatlarni sodir etishdan tiyilishdir. Burchda ob'ektiv munosabatlar ifodalanadi, ya'ni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi.
Namuna: Mazkur harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, ofitser Jahongir Hayitov ko‘plab oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlarning nomlarini faxr bilan tilga olarkan, ularning dil so‘zlarini ifodalab, shu muqaddas O‘zbekiston osmonining musaffoligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish, bu yo‘lda bor kuch-g‘ayrati, bilim va tajribasini safarbar etish harbiylarimiz uchun nafaqat sharafli burch , balki oliy baxt ekanini ta’kidladi. (http://uza.uz/uz/society/19770/)
Sinonimlar:
  1. VAZIFA
Birikmalar:
  1. KONSTITUTSION BURCH
  2. MUQADDAS BURCH
  3. FARZANDLIK BURCH
  4. SHARAFLI BURCH
  5. IJTIMOIY BURCH
  6. INSONIY BURCH
  7. DINIY BURCH
  8. MA'NAVIY BURCH
  9. BURCH HISSI
  10. BURCH VAZIFALARI
  11. MA'SULYATLI BURCH
  12. HUQUQIY BURCH