
AYOL
женщина
woman
Izoh: Umuman erkakka qarama-qarshi jinsdagi shaxs; xotin; bu maʼnoda asosan koʻplik shaklida qoʻllanib, umumlashtirish maʼnosiga ega boʻladi, xotin-qizlar maʼnosini bildiradi.
Namuna: Oriyatli boʻlganidan, odamlar yuziga tik qaragani uyaladimi, kim bilsin, bu ayolning vujudida oʻn erkakning or-nomusi bor edi.T. Ashurov, Oq ot
Izoh: Xotin, rafiqa (erga nisbatan)
Namuna: Ayolim qishin-yozin ichkari hovlining yumushini qiladi: kir yuvadi, uy-joyni supuradi, non yopadi, koʻrpa qaviydi.Oybek, Tanlangan asarlar
Soha: Oila ma'naviyat konsepti
Izoh: Shunday jinsdagi yetuk yoshdagi shaxs (qizga nisbatan)
Namuna: Ayol - jamiyat gultoji, hayot go’zalligining timsoli. Dunyoda ayol bor ekan, eng go’zaL hislar, eng inju tuyg’ular mavjud. Mehr-muhabbat, sevgi va vafo, poklik va halollik, or-nomus kabi muqaddas tushunchalar avvalo ayol qalbidan yaraladi. (http://uzhurriyat.uz/muammo_va_tanqid/page_3.mgr)
Antonimlar:
Maqollar:
- Ayol degan palaxmon toshi, Qayerga otsa, shu yerga tushar
Birikmalar:
- AYOL RASHKI
- AYOL MUHABBATI
- AYOL MUHABBATI
- AYOL GO'ZALLIGI
- AYOL JOZIBASI
- HOMILADOR AYOL
- TURMUSHGA CHIQMAGAN AYOL
- MUSULMON AYOL
- BARDOSHLI AYOL
- AYOL SIYMOSI
- OQILA AYOL
- AYOL KISHI
- ZAMONAVIY AYOL
- INSONPARVAR AYOL
- AYOL MURABBIYLAR
- AYOL SALOMATLIGI
- TADBIRKOR AYOL
- AYOL QALBI
- ISHBILARMON AYOL
- AYOLNING OILADAGI O'RNI
- Mushtipar ayol