"Oila maʼnaviyati" konseptining elektron tezaurus lugʻati

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

KO'PKARI (ULOQ)

купкари

kupkari

Izoh: Uloq, ko‘pkari - O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o‘yinlaridan biri. Asosan, g‘alaba va hosil bayramlari, to‘y va sayillar munosabati bilan o‘tkazilgan. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari o‘ziga to‘q odamlar, hatto oddiy aholi ham Uloq o‘yinlarini tashkil etgan. Ko‘proq xatna (chipron) to‘ylarida rasm bo‘lgan. Uloq turkiy xalqlar, ayniqsa, uning qo‘ng‘irot, qurama, ming, mang‘it, oyrat, yoyilma, kenegas, qipchoq, barlos kabi urug‘lari orasida ommalashgan.
Namuna: Ko'pkarining boshqa nomi uloq ham deyiladi. Ko'pkari bahsida so'yilgan uloq (echki bolasi) tanasi to'y-musobaqa hakamlari tomonidan o'rtaga tashlanib, ushbu kurash shartlari ana shu uloq bilan bog'liq holda bajariladi. Http://munosabat.uz
Maqollar:
  1. Ot boqqaning — uloqqa, Qoʻy boqqaning — qoʻnoqqa.
Birikmalar:
  1. ULOQ CHOPMOQ
  2. ULOQ DAVRI
  3. ULOQ OLISH
  4. ULOQNI TAQIMI
  5. ULOQ CHOPMOQ
  6. ULOQ QILMOQ
  7. ULOQNI OLMOQ