"Oila maʼnaviyati" konseptining elektron tezaurus lugʻati

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

ERTALABKI OSH

утренний суп

morning soup

Izoh: Ertalabki osh marosimi to‘y (sunnat to‘yi yoki nikoh to‘yi) va aza ma’rakasida (o‘limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o‘tkaziladi. To‘yni o‘tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini awaldan mahalla yoki kvartal qo‘mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo‘shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to‘g‘rash» marosimi o‘tkaziladi, unga odatda qo‘shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to‘g‘rab bo‘linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Odatda sabzi to‘g‘rashga artistlar ham chaqiriladi.
Namuna: Ertalabki namoz tugagan paytda karnay-surnay va nog’ora ovozlari ertalabki osh boshlanganidan xabardor etadi.
Birikmalar:
  1. ERTALABKI OSH MAROSIMI