"Oila maʼnaviyati" konseptining elektron tezaurus lugʻati

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

BIRINCHI QADAM

первый шаг

first step

Izoh: O’zbek xalqini farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor berishi bolaning ilk bor mustaqil qadam qoyishiga bag’ishlangan marosimda ham o’z aksini topgan. Ajdodlarimiz bu marosimda “To’q bo’lsin, bola ocharchilikni bilmasin!” deb mazali kuchlarni kichkintoylarga tarqatishgan, ,,suvdek serob bo’lsin !’’ deb, marosim oykazilayotgan vaqtda bolaning qadam bosgan yerlariga suv sepgan, ,,bolaning hayoti shirin bo’lsin!’’ deb marosim qahramonining boshidan shirinliklar sochishgan, ,,chiroyli bo’lsin!’’ deb yura boshlagan bolaning yo’llariga gullar sochishgan, ,,boy bo’lsin!’’ deb bolaning boshidan pullar sochishgan, ,,kasalga chalinmasin!’’ deb isiriq tutatishgan, ,,ko’z tegmasin’’ deb ,ko’zmunchoqlar taqishgan, ,,kinna kirmasin’’ deb duolar o’qishgan va hokazo.
Namuna: Jumladan, chaqaloqqa ism qo’yish, kichik va katta chilla saqlash, bеshikka bеlash, soch, tirnoq ofish, birinchi qadam , ilk bor gapira boshlash, tish chiqishi, yoshiga to’lishi, o’g'il bolalarni xatna qilish, birinchi muchal, mo’ylabi sabza urishi munosabati bilan bog’liq oilaviy tantanalarning o’tkazilishida ramziy ma’no bor. http://zn.uz