"Oila maʼnaviyati" konseptining elektron tezaurus lugʻati

Tizim test holatida ishlamoqda

Print

RO'ZG'OR

СЕМЬЯ

FAMILY

Soha: Oila ma'naviyat konsepti
Izoh: O'ziga mustaqil har bir oila, har bir xo'jalik. Shunday oila yoki xo'jalikka tegishli va uning tirikchiligi uchun zarur anjom-ashyolar, ikir-chikirlar.
Namuna: «O‘zmetkombinat» AJ da bak, bidon, chelak, kastryul, krujka, mantiqozon, choynak kabi bir qancha oshxona va uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqariladi. (https://kun.uz/uz/news/2020/08/25/ozmetkombinat-aj-dan-uy-rozgor-buyumlari-sohasida-bayramona-yangilik)
Izoh: Ro'zg'or, kundalik hayot tashvishlari, ikir-chikrlari, ro'zg'orga oid ish va tashvishlar.
Namuna: Uy-ro‘zg‘or sopol buyumlari o‘zining shakli bilan har bir viloyatda har xil bo‘lib, nomlari ham har xil bo‘lgan. (http://komilaxon.blogspot.com/2015/05/uy-rozgor-buyumlari.html)
Sinonimlar:
  1. TURMUSH
Maqollar:
  1. Ayolning sarishtasi — roʻzgʻorning farishtasi.
  2. Roʻzgʻor ziynati — oʻtin, Uy ziynati — xotin.
  3. Ro'zg'ori kattaning tashvishi ham katta.
  4. Ro'zg'or tushdi boshga, Qo'lim tegmadi boshga.
Birikmalar:
  1. RO'ZG'OR ISHI
  2. RO'ZG'ORNI BUTLAB
  3. RO'ZG'OR TASHVISHI
  4. RO'ZG'ORBOP
  5. RO'ZG'ORCHILIK
  6. RO'ZG'OR TASHVISHI