Electronic Thesaurus dictionary concept family spirituality

The system is working in test mode

Print

TARBIYA

ВОСПИТАНИЯ

UPBRINGING

Comment: 1. Taʼlim, axloq-odob va shu kabilarni oʻrgatib, singdirib, insonni voyaga yetkazish, ulgʻaytirish, oʻstirish; 2. Insonda ish-hunar, odob-axloq va shu kabilarni shakllantirish, rivojlantirishga, uning jamiyatda yashashi uchun kerak boʻlgan xislatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan ish-amallar majmui va shu yoʻl bilan singdirilgan odob-axloq, xislat, fazilat kabilarning oʻzi; 3. Maʼlum tartib, usul asosida qarab, ishlov berib oʻstirmoq; parvarishlamoq (oʻsimlik va hayvonlar haqida). Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi. 4.Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi.
Example: Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. (https://uz.wikipedia.org/wiki/Tarbiya) Maqsadimiz ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohatlar jarayonida puxta bilim berish bilan birga yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, farzandlarimizni fidoyi insonlar qilib voya yotkazishdir. Bugun yoshlarimizga berilayotgan tarbiya ertaga o’zining mevasini albatta beradi -http://ibf.tuit.uz/ . Maqsadimiz ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohatlar jarayonida puxta bilim berish bilan birga yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, farzandlarimizni fidoyi insonlar qilib voya yotkazishdir. Bugun yoshlarimizga berilayotgan tarbiya ertaga o’zining mevasini albatta beradi -http://ibf.tuit.uz/ .
Synonyms:
  1. ODOB
Proverbs:
  1. Suv bilan ekin oʼsar, Tarbiya bilan — odam.
  2. Oila- tarbiya o'chog'i.
Phrases:
  1. TARBIYA QILMOQ
  2. TARBIYA KO'RMOQ
  3. JINSIY TARBIYA
  4. MILLIY TARBIYA
  5. AHLOQIY TARBIAY
  6. MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASI
  7. JISMONIY TARBIYA
  8. TARBIYA QILISH
  9. MA'NAVIY TARBIYA
  10. TARBIYA ISHI
  11. TARBIYA JARAYONI
  12. TARBIYA BERMOQ
  13. TARBIYA QILMOQ
  14. EKOLOGIK TARBIYA
  15. TARBIYA TOPMOQ