Electronic Thesaurus dictionary concept family spirituality

The system is working in test mode

Print

VATAN

родина

homeland

Comment: Kishilarning yashab turgan, ularning avlod-ajdodlari tug'ilib o‘sgan joy, hudud, ijtimoiy muhit, mamlakat. Vatan tushunchasi keng va tor ma'noda qo‘llaniladi. Keng ma'noda - butun bir xalk, ajdodlar azaldan istiqomat qnlib kelgan makon. Tor ma'noda — kishi tug'ilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq. Insonning uyli-joyli, bosh- panali bo‘lishi, uning oilasi, bola-chaqasi ham ba'zan «Vatan» so‘zi orqali ifoda etiladi.
Example: Bugun ham ajdodlarimizning Vatan , tabiat, jamiyatni asrash, undagi tartib va qoidalarni buzmaslik to'brisidagi da'vatlari eskirgani yo'q. http://uzvip.uz
Synonyms:
  1. MAMLAKAT
Proverbs:
  1. Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
  2. Vatan gadosi — kafan gadosi.
  3. Vatan qadrini bilmagan o'z qadrini bilmas.
  4. Vatangado bo'lguncha, Kafangado bo'l.
  5. Vatani borning baxti bor, Mehnati borning — taxti.
Phrases:
  1. VATAN TUYG'USI
  2. VATAN TARAQQIYOTI
  3. VATAN OZODLIGI
  4. VATAN HIMOYACHILARI
  5. VATAN MUHABBATI